Argentina janubi-ğarbidagi Çako viloyatida qazişma işlarini olib borayotgan tadqiqotçilar meteoritga duç kelişgan. "Telam" axborot agentligining mahalliy Astronomiya uyuşmasi rahbari Mario Veskoniga asoslangan holda xabar qilişiça, topilmaning oğirligi 30,8 tonna keladi.
Fazo jismi Ganselo şaharçasining Kampo-del-Selo ("Osmon maydoni") deb ataluvçi hududida topilgan. Taxminlarga köra, bu yerda 4 ming yillar muqaddam meteorit yomğiri yuz bergan. Argentinalik olimlarning fikriça, şu paytga qadar mazkur mintaqaga yoğilgan fazoviy jismlarning atigi 35 foizi topilgan xolos.
Veskonining ta'kidlaşiça, topilma bir neça oylik tadqiqot işlarining samarasidir. Biroq, meteoritning ölçami olimlar uçun kutilmagan hol bölgan. Tadqiqotçilarning sözlariga köra, topilma Yer yuzida aniqlangan meteoritlarning eng yiriklaridan biri bölişi mumkin.
Bugungi kundagi eng oğir meteorit, Afrika janubi-ğarbida 1920 yilda topilgan "Goba" fazo jismi hisoblanadi. Uning vazni 60 tonnani taşkil etadi.












