Ijtimoiy tarmoqlarda bir-biri bilan kesişuvçi çiziqlar va bir vaqtning özida körişning ilojisi bölmagan qora nuqtalar tasvirlangan optik illyuziya keng tarqalmoqda.  

Öyin dasturlovçisi Uill Kersleyk 12 sentabr kuni özining tvitterida uşbu tasvirni joylaştirdi va u bir keça-kunduzda 13 ming retvitga ega böldi. Undan bir kun avval esa yaponiyalik professor Kitaoka feysbukda mazkur suratni joylagan bölib, u ham 7 mingdan köp marta bölişilgan. Bu tasvirning original varianti 2000 yilda Perception jurnalidagi ilmiy maqolada çop etilgan. 

Illyuziyaning mohiyati şundan iboratki, insonning közi aksariyat hollarda çiziqlar kesişgan joydagi belgilangan  12 nuqtani bir vaqtning özida ilğay olmaydi. 

Bu periferik köriş xususiyatlari bilan boğliq: miya tasvirni u haqidagi taassurotlardan kelib çiqib töldiradi, mazkur holatda esa u insonga diqqat jamlangan nuqtaning atrofidagi kulrang çiziqlardan iborat andozani "köriş"ga imkon beradi

Tasvir 1870 yilda nemis fiziologi Lyudimar German tomonidan aniqlangan optik illyuziya - "German töri"ning variatsiyasi hisoblanadi. Original törga diqqat bilan qaralganda oq çiziqlarning kesişgan joyida yolğon qora sohalar paydo bölardi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari uşbu illyuzion tasvirni 2015 yilning eng maşhur memlaridan biri - ba'zilarga oq, boşqalarga esa kök rangda körinuvçi köylakka qiyoslaşdi.