AQŞ prezidentligi uçun saylovda Respublikaçilar partiyasidan nomzod bölmiş Donald Tramp öz raqibi Hillari Klinton tez orada soğayib ketişiga umid bildirmoqda. Bu haqda Fox News xabar tarqatgan.
"Men u özini önglab olişiga, u bilan debatlarda yuzma-yuz kelişimizga umid qilaman", degan Tramp.
Ayni vaqtda 70 yoşni qarşilagan Tramp şuningdek, biroz vaqt oldin tibbiy körikdan ötgani, natijalarni 18 sentabr kuni ommaga e'lon qilişi haqida aytib ötgan.
Bundan oldinroq, Tramp öz yordamçilariga Klintonning kasalligi haqida salbiy fikr bildirmaslik yuzasidan körsatma bergani haqida xabar qilingandi.
Milliarderning özi va atrofidagilar uşbu vaziyatga hurmat bilan munosabatda bölişga qaror qilgan.
U 11 sentabr teraktlarining 15 yilligi munosabati bilan Twitter’dagi sahifasida saylovoldi çiqişlaridan tiyilgan, yakşanba kuni bölib ötgan marosimda ham sukut saqlaşni lozim topgan.











