AQŞ Jahon savdo taşkilotiga (JST) Xitoy ustidan arz qildi. Unga köra, XXR qoidalarga zid ravişda buğdoy, makkajöxori va guruç narxlarini subsidiyalaştirmoqda. Bu haqida seşanba kuni AQŞ prezidenti Barak Obama ma'lum qildi.
"Xitoy hukumati JST qoidalarini buzib, buğdoy, makkajöxori va guruçga bozor darajasidan ança yuqori bölgan narxlarni belgilamoqda, bu esa noqonuniy davlat subsidiyalariga olib keldi. Muhim don mahsulotlariga noqonuniy belgilangan narxlar butun dunyo böylab xuddi şu mahsulotlarni eksport qiluvçi amerikalik fermerlarga ziyon keltirmoqda", - deyilgan Obamaning arznomasida.












