AQŞning Alabama ştatida ikkita reaktorli, qurib bitkazilmagan Bellefonte atom elektrostansiyasi sotuvga qöyildi. Bu haqda stansiyaga ega kompaniya Tennessee Valley Authority’ga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, obekt narxi 36,4 mln dollarga baholangan.
"Bu biz sotayotgan birinçi AESdir, biz avval bunday qilmaganmiz. AES oxirigaça qurilmagan, reaktorlardan biri 50 foizga, ikkinçisi 90 foizga qurib bitkazilgan", deb ma'lum qildi kompaniya vakili Skott Fidler.
Uning aytişiça, atom stansiyasi energiya işlab çiqariş uçun yaroqsiz. Uning ta'kidlaşiça, AESga yondoş hududning umumiy maydoni 6,4 kvadrat kilometrni taşkil qiladi, unda bir neçta ombor uçun xonalar va idora binosi bor.
Fidlerning aytişiça, AES savdosida xorijiy kompaniyalar AESni iqtisodiy rivojlantiriş rejalarini taqdim qilgan holda iştirok etişlari mumkin.












