AQŞning Apple korporatsiyasi mobil dasturiy ta'minotning yangi namunasi iOS 10 tizimini taqdim etdi. Apple matbuot bayonnomasida xabar qilinişiça, yangi DT( dasturiy ta'minot) iPhone telefonlari va iPad planşetlari uçun bepul yangilaniş sifatida tarmoqqa joylangan.

Xususan, dasturning "Xabarlar" bölimiga ekranni töldiriş xususiyati qöllanilgan. Siz, qisqa xabar yozayotgan vaqtingizda ayrim sözlarni belgilab qöyişingiz mumkin. Havolalar esa internet sahifalarning mitti körinişida aks etadi. Bundan taşqari Tapback funksiyasi paydo bölgan, u xabar, havola yoki suratga tezda javob beriş imkonini beradi.
 
Siri ovoz tizimi odatdagidek App Store ilovalari bilan işlaydi. Bundan taşqari, VoIP dasturlarida xabar jönatiş, telefon qönğiroqlari qilişni qöllab-quvvatlaydi. Şunindek, uning vositasida transport ilovalarida buyurtma beriş, tölov dasturlarida şaxsiy tölovlarni amalga oşiriş mumkin böladi. Şu bilan birga, Siri CarPlay avtomobil dasturi bilan yaxşiroq işlaydi.

"Suratlar" bölimida yuzni aniqlaş funksiyasi çuqur örganiş texnologiyasi yordamida yanada aniqroq işlaydi va öxşaş çehralarni avtomatik ravişda bir albomga yiğadi. Albomning "Joylar" bölimida barça suratlar, videolar va Live Photos xaritada körsatiladi. 

Yangi iOS dasturida paydo bölgan muhim jihatlardan biri, unda "Uy" ilovasining paydo bölganidir. Uning vositasida HomeKit dasturini qöllaydigan uy jihozlarini boşqariş mumkin.

Yana bir yangiliklardan biri şundan iboratki, endi ekran iPhone telefonini qölga oliş bilan avtomatik ravişda oçiladi. 3D Touch funksiyasini qöllab-quvvatlaş tizimi ham kuçaytirilgan.