iPhone foydalanuvçilari ijtimoiy tarmoqlarda iOS 10 operatsion tizimining yangi versiyasiga yangilaş vaqtida qurilma buzilib qolganidan ommaviy şikoyat qilişni boşlaşdi. Yangi iOS 10 OT 13 sentabr kuni e'lon qilingan edi. U iPhone telefoni va iPad planşeti foydalanuvçilariga bepul yangilaniş imkonini beradi. Bu holatga The Verge naşri e'tibor qaratdi.
Smartfon yangilaniş örnatilganidan söng qayta yuklandi, keyin qurilma ekranida xatolik çiqib kelmoqda. Foydalanuvçilarga apparatni kompyuterga ulab, uni DFU rejimga keltiriş taklifi bildirildi. Buning uçun ekranda kabel surati va iTunes logotipi paydo bölmagunga qadar yoqiş va Home tugmasini birvarakayiga uşlab turiş zarur böladi.
Apple özining Twitter-akkauntida yangilaşni Wi-Fi-ulaniş orqali emas, balki iPhone'ni kompyuterga ulagan holda iTunes yordamida iOS 10ni örnatiş kerakligini maslahat bermoqda.
«Olma» korporatsiyasi vakilining naşrga xabar berişiça, muammo tezda bartaraf etilgan. Şuningdek, Apple muvaffaqiyatsiz OT yangilaşga duç kelgan foydalanuvçilardan köngilsizlik uçun uzr söradi.












