Yoqilği taşuvçi yuk samolyoti Indoneziyada orqa şassisiz qönişni amalga oşirdi. Favqulodda vaziyat natijasida havo kemasi ekipaji jabr körmadi. Bu haqida voqea videosini namoyiş qilgan Reuters agentligi xabar berdi.
BBC Indonesia bergan ma'lumotga köra, favqulodda hodisa 13 sentabr kuni Papua provinsiyasidagi Vamena şahri aeroportida sodir bölgan. Trigana Air Service aviakompaniyasining samolyoti 14 tonna yoqilği bilan qönib, yana ikki kilometr qöniş maydonida harakatlangan.












