Yaponiyaning Mitsubishi Motors avtomobilsozlik kompaniyasi GT-PHEV kontsept karini namoyiş etdi. U, «yangi avlod gibrid krossoveri körinişi xususida tasavvur uyğotadi». Prototipning rasmiy taqdimoti sentabr oyida Parij avtokörgazmasida bölib ötadi. 

Uning öziga xos jihatlari kuzov yonlarining börtma şakli, old yoritqiç çiroqlarining vertikal bloklari hamda katta disklardir. Mitsubishi kompaniyasida qayd etişlariça, yangi model dizayni yapon maşinasining firma uslubi evolyutsiyasini aks ettiruvçi Dynamic Shield yönalişida işlangan.

Mitsubishi GT-PHEV modeliga örnatiladigan gibrid agregati xöjalik elektr tarmoğidan quvvatlanişi mumkin. Uning tarkibiga 3ta elektr motor, bitta içki yonuv dvigateli va akkumulyatorlar töplami kiradi. Motorlarning ot kuçiga oydinlik kiritilmagan. Yöltanlamas, şuningdek, barça ğildiraklarga yetakçilik xususiyatini beruvçi Super All Wheel Control (S-AWC) tizimi bilan jihozlanadi.

Krossover elektr quvvati bilan 120 kmgaça masofani ortda qoldira oladi, aralaş tartibda 1200 kmni bosib ötişi mumkin.