AQŞ prezidentligi uçun Respublikaçilar partiyasidan nomzod bölmiş Donald Tramp Vaşingtondagi Oq uy yaqinida mehmonxona oçdi. Bu haqda Reuters xabar tarqatgan.
Trump International Hotel mehmonxonasi köhna bino örnida joylaşgan. Ta'mirlaş işlari 2 yil davomida olib borilgan. Bu işlar uçun 200 mln dollar sarflangan. Mehmonxonada mijozlar uçun 263ta xona mavjud. Bunday xonalarning eng qimmatbahosini bir kunga band etiş 20 ming dollar turadi.

Mehmonxonaning oçiliş marosimi vaqtida hudud yaqinida 40 nafar atrofidagi kişi namoyiş uyuştirib, Trampni tanqid qilişgan. Ular siyosatçining Meksika bilan çegarada muhojirlarga qarşi devor barpo etiş ğoyasiga e'tiroz bildirib çiqişgan.
AQŞ hukumati bilan muzokaralardan keyin Trampning qizi Ivanka Trampga tarixiy bino 60 yillik lizing bilan taqdim etilgan. Ivanka Tramp ta'mirlaş işlari va bino dizayni bilan şuğullangan.
Binoning asosiy oçiliş marosimi oktabr oyida ötkazilişi belgilangan.
















