Bişkekda bölib ötadigan MDH sammitida Özbekiston Respublikasi nomidan Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov iştirok etadi. Bu haqda bugun Qirğiziston prezidenti devonining taşqi siyosat bölimi mudiri Sapar Isakov brifing çoğida ma'lum qilgan.

Isakovning aytişiça, Özbekiston prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyev mamlakatning içki işlari bilan bandligi tufayli sammitga bora olmasligini bildirgan.

«Biz undan yaqindagina maktub oldik. Özbekiston hozirda prezidentlik saylovlariga tayyorlanmoqda. Bu heç özaro munosabatlar holati bilan boğliq emas. Qolaversa, Sooronbay Jeenbekov va Şavkat Mirziyoyev telefon orqali suhbatlaşdi. Bizning munosabatlarimiz yomonlaşmagan», – degan Isakov.

U şuningdek, 12 sentabr kuni Turkmaniston tomoni taşabbusi bilan Qirğiziston va Turkmaniston prezidentlari telefon orqali muloqot qilgani haqida aytib ötgan.

«Turkmaniston prezidenti ham konstitutsiya bilan boğliq muhim marosimlar tufayli kela olmasligini bildirdi», – degan u.

Sammitda Turkmaniston nomidan vazirlar mahkamasi rahbarining örinbosari iştirok etadi.

Mustaqil Davlatlar Hamdöstligiga a'zo davlatlar rahbarlarining yiğilişi 16 sentabr kuni bölib ötadi. Sammitda Armaniston, Ozarboyjon, Belarus, Qozoğiston, Rossiya va Tojikiston prezidentlari iştirok etişi tasdiqlangan. 

Bişkekdagi sammitda Moldovadan boş vazir, Ukraina nomidan esa elçi qatnaşadi.

MDHning yubiley sammitida 15ta masala muhokama qilinadi.