AQŞ prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp prezident etib saylangandan keyin Apple va boşqa AQŞ kompaniyalari öz mahsulotlarini AQŞda işlab çiqarişni boşlaşlariga işonçi komilligini aytdi. U bu haqda Ayova ştatida saylovçilar oldidagi nutqida aytib ötdi.
"Apple va boşqa yirik kompaniyalar özlarining iPhone’lari, kompyuterlari va boşqa mahsulotlarni Xitoyda, boşqa davlatlarda emas, Amerikada işlab çiqara boşlaydilar. Biz öz davlatimizda işlab çiqaramiz va işçi örinlar yaratamiz, bu esa mamlakatimiz uçun yaxşidir", deb aytdi Tramp.
Tramp amerikaliklarga "yaxşi savdo kelişuvlarini" va'da berdi. Tramp NAFTA’ni (Şimoliy Amerika erkin savdo haqidagi kelişuv) "tarixdagi eng yomoni" ekanini aytdi va AQŞning amaldagi ma'muriyati tomonidan taklif qilingan Tinç okeani savdo hamkorligi haqidagi kelişuv "yanada yomonroq bölişidan" ogohlantirdi.
"Men bu haqda fikr qildim, ular (Obama ma'muriyati va Klinton) boşqa davlatlar muvaffaqiyatliroq bölişini istaşayotgan körinadi. Biz bunga çek qöyamiz", deb aytdi Tramp. "Amerika maşinalari yöllarda kezib yuradi, Amerika samolyotlari osmonni egallaydi, kemalari dengizni nazorat qiladi", deb va'da berdi Tramp.
Trampning çiqişi 50 daqiqadan köproqqa uşlanib qoldi va zalning "Biz Trampni istaymiz" degan hayqiriqlariga qaramasdan, Tramp prezidentlik saylovlari böyiça asosiy raqibi Xillari Klintonni qöllab-quvvatlaş uçun Filadelfiya ştatida AQŞ prezidenti Barak Obama öz çiqişini boşlamagunça sahnaga çiqmadi.












