Maxfiy axborotni bergani uçun 35 yillik qamoq jazosini ötayotgan WikiLeaks informatori Çelsi Menning (asl ismi Bredli Menning) oçlikni töxtatdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Ta'kidlanişiça, AQŞ hukumati Menningga jinsni özgartiriş maqsadida gormonal terapiya ötkaziş uçun zarur bölgan dori vositalarini berişga rozi böldi.

Bundan taşqari, Menningga ruhşunos tavsiyasi böyiça jarrohlik operatsiyasi ötkazişga ruxsat berildi.

Avvalroq sobiq amerikalik harbiy bölgan, öz jinsini özgartiriş va uni ayollarga xos Çelsi nomi bilan çaqirişlarini istayotgan Bredli Menning unga jinsini özgartiriş uçun tegişli tibbiy parvariş körsatiş rad etilayotgani sababli oçlik e'lon qilgandi.