O‘zbekiston | 17:32 / 15.09.2016
5044
2 daqiqa o‘qiladi

Bojxona sohasiga oid 1,3 mingdan ortiq normativ-huquqiy hujjat inventarizatsiyadan o‘tkazildi

Toshkentda O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Bojxona kodeksini amaliyotda qo‘llashning ayrim masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Toshkent shahar bojxona boshqarmasi va “Toshkent-aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda prokuratura, adliya, Savdo-sanoat palatasi xodimlari, bojxona brokerlari, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari qatnashdi. 

   
Kiritilgan o‘zgartishlar tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun eksport-import bilan bog‘liq jarayonlarni yanada osonlashtirdi. Ichki bozorni sifatsiz va kontrabanda mahsulotlardan himoya qilish, xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar, o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilari, jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlarning jahon bozorlariga chiqishi uchun qo‘shimcha qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratdi.

Yangi tahrirdagi Bojxona kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan bojxona sohasiga oid 1,3 mingdan ortiq normativ-huquqiy hujjat inventarizatsiyadan o‘tkazilib, qayta o‘rganib chiqildi. Natijada yigirmadan ortiq hujjatga tegishli o‘zgartishlar kiritildi, ba'zilari esa o‘z kuchini yo‘qotdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tgan, bojxona sohasini tartibga soluvchi 75 idoraviy va idoralararo normativ-huquqiy hujjatga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish zarurligi aniqlandi. Shulardan 34 hujjat ustidagi ishlar to‘liq yakuniga yetkazildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid