Elektromobillar - hozirda u qadar keng tarqalmagan bölsa-da, juda ajoyib transport vositalari. Muammo uning narxida emas, axir xohiş va talab bölsa, arzonroq maşinalar işlab çiqariş ham mumkin. Asosiy muammo - bu elektr transport vositalarini qanday zaryadlaşda. Yonilği va gazda işlovçi oddiy maşinalar uçun şahobçalar talaygina. Elektromobillar sohiblari esa hozirça yo uylaridagi rozetkalardan foydalanişlari, yoki elektron transport vositalari uçun şaroit yaratilgan katta şaharlarda yaşaşi kerak böladi. Turli mamlakatlar hukumatlari bu masalada boş qotirişmoqda. Xitoyda esa bu borada işlar boşlab yuborilgan.
XXR Taraqqiyot va islohotlar böyiça davlat qömitasining ma'lum qilişiça, Xitoy hukumati turar joylarda elektromobillar uçun zaryadlovçi stansiyalar qurilişini tezlaştirişni rejalaştirmoqda. Bunday qadam nafaqat ekologik sof avtolar işlab çiqarişga, balki xaridorlarning elektr transport vositalarini xarid qilişiga imkon yaratadi.
Rejaga muvofiq, elektromobillar uçun zaryadlaş stansiyalari Xebey va Şandun provinsiyalari, Pekin, Tyantszin va boşqa bir qator yirik şaharlarda paydo böladi. Xitoy hukumati işlarni tezlaştiriş maqsadida qurilişda yordam körsatişlari uçun energetik kompaniyalarga murojaat qildi.
Oxirgi ikki yil içida elektrokarlarni "energiya" bilan ta'minlaş holati yaxşilandi: joriy yilning yozida Xitoyda 81 ming zaryadlovçi stansiya jihozlandi.
Xitoyda elektron transport vositalari maşhur bölib bormoqda, XXR hukumati elektromobillar işlab çiqariş, elektron jamoat transport vositasini yölga qöyişni qöllab-quvvatlamoqda. Xitoy hukumati 5 million elektron maşinalarga xizmat körsata oluvçi zaryadlovçi stansiyalar tarmoğini yaratişni rejalaştirmoqda.












