«Oskar» mukofoti laureati Robert De Niro Rim papasi Piy IX rolini ijro etadi. Bu haqda NME xabar bergan.
U şu mavzudagi ikkinçi loyihada iştirok etadi, birinçisi bilan Stiven Spilberg şuğullanmoqda.
Spilberg «Edgardo» nomli filmida Piy IX rolini ijro etişi uçun aktyor Mark Raylensni («Josuslik köprigi») tanlagan. Film Bolonyada 1858 yili yahudiylar oilasidan 6 yoşli Edgardo Mortarning tortib olinişi voqealarini hikoya qiladi. Bola katolik sifatida tarbiyalanadi. Piy IX unga uyiga qaytişiga ruxsat bermaydi va Mortar ruhoniy bölib yetişadi.
Avvaliga Spilberg bu filmda prodyuser Harvi Vaynşteyn bilan birga işlaşi belgilangandi, lekin ularning hamkorligi 2016 yilning aprelida töxtab qolgan. Endilikda Vaynşteyn bu voqealarni öz talqini böyiça işlaydi va bu filmda Piy IX rolini De Niro öynaydi. Filmga Baltasar Kormakur («Everest») rejissyor sifatida taklif qilingan.
De Niro yangi filmda suratga tuşiş işlarida 2017 yilning yanvaridan iştirok eta boşlaydi, Raylens iştirok etayotgan Spilbergning filmi esa 2017 yilning bahorida boşlanadi. Spilbergning filmi asosan Mortarning yoşlik yillariga bağişlanadi, Kormakur esa voqealarni töla qamrab olişni niyat qilgan.












