Amerika iste'mol mahsulotlari xavfsizligi böyiça komissiyasi, mamlakat hududida sotilgan bir millionga yaqin Samsung Galaxy Note 7 smartfonlarini, ularning qizişi va natijada akkumulyatorlarining portlaşi ehtimoli bölgani sabab qaytarib olişga buyruq bergan.
Bayonotda aytilişiça, bu qaror şu yilning 15 sentabrigaça sotilgan Galaxy Note 7 mobil qurilmalariga tegişlidir. Umuman, batareyalar qizib ketişi bilan boğliq 92 ta holat qayd etilgan bölib, şundan 26tasida telefon egasi kuyganidan arz qilgan. 55ta hodisada mol-mulkka talofat yetgan.
"Iste'molçilar çaqirib olingan Galaxy Note 7 telefonlaridan foydalanişni zudlik bilan töxtatişlari kerak", - deyiladi xabarda. Ularga Samsung qurilmasi xarid qilingan dökonga murojaat qiliş hamda boşqa batareya örnatilgan xuddi şunday telefonga almaştirib berişni söraş tavsiya qilingan.
Avvalroq, AQŞ federal aviatsiya boşqarmasi xavfsizlik nuqtai-nazaridan samolyotlar bortida Galaxy Note 7 telefonlarini işlatişni taqiqlagan edi.












