Bugun tunda APLning 5-tur uçraşuvlari start oladi. Turning ilk uçraşuvi Londondagi “Stemford Brij” öyingohida “Çelsi” va “Liverpul” örtasida bölib ötadi.
APLning ikki grandlari örtasidagi navbatdagi qarama-qarşilik Toşkent vaqti bilan 00:00da start oladi. Avvalgi turda “Liverpul” amaldagi çempion “Lester”ni 4:1 hisobida mağlub qilgan edi. “Çelsi” esa “Suonsi” mehmoni bölib, arang 2:2 hisobida durang natija qayd etdi.
Öyindan avval ikkala jamoada ham öziga yaraşa yöqotişlar mavjud. Jumladan, “Çelsi” sardori Jon Terri jarohati tufayli öyinda iştirok eta olmasligi ma'lum. Uning joyini yaqinda jamoaga qaytib kelgan David Luiz egallaşi kutilmoqda.
“Liverpul”da ham yöqotiş bor. Jamoa yarim himoyaçisi Emre Jan hamon jarohatidan foriğ bölmaganligi uçun “Çelsi”ga qarşi öyinda qatnaşa olmaydi. Himoyaçi Deyan Lovren esa maydonga tuşişi mumkin.
APL, 5-tur
00:00, “Çelsi” – “Liverpul”.











