Yevropaning qator OAV va Bryusseldagi diplomatik manbalarning ma'lumotlariga köra, YeI yetakçilarining Bratislava sammiti doirasida bölib ötajak norasmiy uçraşuvida turli masalalardan taşqari YeI armiyasini taşkil etiş imkoniyatini muhokama etişadi. Fransiya va Germaniya uşbu taşabbusni ilgari surgan.
"Bu masala ham davlat va hukumat rahbarlarining diqqat markazida böladi. Ayniqsa, Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunkerning mudofaa sohasidagi qator yeçimlarni Yevroparlamentdagi çiqişida ilgari surgaç, dolzarb mavzuga aylandi", - deya mulohazasini bildirgan diplomatik manba.
Avvalroq, Le Figaro gazetasi yozganidek, Fransiya va Germaniya mudofaa vazirlari YeI taşqi siyosat mahkamasi rahbari Federike Mogeriniga Britaniya ittifoq tarkibidan çiqişi munosabati bilan YeIning umumiy mudofaa siyosatini tubdan özgartiriş taklifini bildirişgan. Keyinroq, Yevrokomissiya rahbari Yevroparlamentdagi çiqişida ittifoq "mudofaa tadqiqotlarini olib boriş maqsadida öz jamğarmasini taşkil etişi va mudofaa salohiyatini ta'minlaş uçun sarmoyalar ajratilişi"ni bildirgan edi.












