Mamlakatimizda amalga oşirilayotgan har bir islohot eng avvalo inson va uning manfaati uçun xizmat qilmoqda. Islohot islohot uçun emas, balki inson uçun, degan tamoyil bugun hayotimizda öz aksini topmoqda.
Buni biz xududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş maqsadida işlab çiqilgan va hayotga tadbiq etilayotgan dastur va loyihalarda yanada yaqqolroq körişimiz mumkin.
Bu borada tijorat banklari tomonidan olib borilayotgan işlarga nazar taşlasak, olib borilayotgan izçil sa'y-harakatlar yanada oydinlaşadi.
Xususan, “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bank ham iqtisodiyotning turli yönalişlarini rivojlantiriş orqali taraqqiyotga xissa qöşib kelmoqda.
Bunda iqtisodiyotni erkinlaştiriş, işlab çiqarişni modernizatsiyalaş, texnik-texnologik jihatdan yangilaş, ayniqsa, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantiriş mamlakat taraqqiyoti va yurt farovonligini yuksaltirişning eng maqbul yölidir. Respublikamizda iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirişga alohida e'tibor qaratilayotgani, tadbirkorlik sub'yektlari har tomonlama qöllab-quvvatlanib, ularga turli imtiyoz va imkoniyatlar berilayotganining boisi ham şunda.
Bugun nafaqat şaharlarimizda, balki markazdan ança olis bölgan çekka tuman, qişloq va ovullarda ham yangi işlab çiqariş korxonalarining işga tuşirilayotgani, şunga mos ravişda tadbirkorlik sub'yektlari soni köpayib, işlab çiqariş hajmi ortib bormoqda.
Keyingi yillarda işlab çiqariş sub'yektlarini modernizatsiya qiliş borasida olib borilayotgan keng kölamli işlar natijasida joylardagi sanoat tarmoqlarida raqobatbardoş mahsulotlar işlab çiqarilişiga erişilmoqda.
Xususan, yil boşidan şu kunga qadar turli tadbirkorlik sub'yektlarini moliyaviy qöllab-quvvatlaş maqsadida jami 915 mlrd. söm miqdorida kreditlar ajratildi. Buning natijasida joylarda yangi tadbirkorlar iş faoliyatini boşlaş bilan bir qatorda, qöşimça iş örinlari yaratildi.
– Istiqlol yillarida xalqimiz turmuş farovonligi yaxşilanib, mamlakatimizning çekka hududlarida ham keng kölamdagi bunyodkorlik işlari amalga oşirilmoqda, — deydi “MUMTOZ BARAKA INVEST” oilaviy korxonasi rahbari Manzura Omonova. — Bu esa men kabi işbilarmon-tadbirkorlar uçun faoliyatimizni yanada rivojlantirişda muhim omil bölayotir. Hozirda har qaysi yurtdoşimiz istiqbolli va mukammal biznes loyihalar asosida özlarining tadbirkorlik faoliyatlarini yölga qöymoqçi bölsalar banklar tomonidan har taraflama qöllab-quvvatlanayotgani heç kimga sir emas. Men ham öz faoliyatimni boşlaşimda köpçilik tajribali tadbirkorlar bilan bamaslahat iş tutdim. Ular “Agrobank” ATB bilan hamkorlikda işlaşni maslahat berdilar. Ayni şu jarayonda “Agrobank”ning Buvayda filiali yaqin kömakçim böldi. Uşbu bankdan 60 million söm kredit oldim. Mazkur kredit hisobiga sifatli quriliş mahsulotlari olib, tumanida aholiga zamonaviy umumiy ovqatlaniş maskanini bunyod etdik.











