Yaponiya hukumati mamlakatning amaldagi imperatori Akixitoning taxtdan voz keçişi ehtimolini muhokama qiliş maqsadida maxsus komissiya taşkil etadi. Imperator 8 avgustda yapon xalqiga qilgan telemurojaatida, payti kelib, keksaygani sababli öz vazifasini bajara olmay qolişi mumkinligini aytgan edi.
Endilikda, Kyodo agentligining xabar qilişiça, boş vazir Sindzo Abe bu haqda parlamentning navbatdan taşqari sessiyasida e'lon qiladi.
Yapon hukumati, biron bir huquqiy xulosa qilişdan avval turli soha ekspertlarining bu masaladagi fikrini bilişga qaror qilgan. Gap şundaki, Yaponiya qonunçiligi imperatorning taxtdan öz ixtiyori bilan voz keçişni nazarda tutmaydi. Abe, Akixitoning avgust oyidagi murojaatidan keyin, monarxning sözlariga zudlik bilan izoh berib, bu masalani "jiddiy öylab köriş kerak"ligini aytgandi.
OAV esa, faqat Akixito uçun maxsus qonun işlab çiqarilişi mumkinligi haqida yozgandi. Biroq, ijtimoiy sörovlarga köra, mamlakat fuqarolarining aksariyati bunday qonun Yaponiyaning boşqa imperatorlariga ham tegişli bölişi lozim, degan fikrda. Şunga qaramay, Abe hukumati Akixito uçungina amal qiladigan qonun loyihasini işlab çiqiş niyatida. Qonun loyihasi kelasi yil tayyor böladi. Şunday qilib, maxsus komissiya tarkibiga Konstitutsiya va ma'muriy huquq sohasi mutaxassislari, tarixçilar va madaniyatşunoslar kiradi.

















