17 sentabr kuni oliy liganing 22-turida "Paxtakor" Toşkent derbisida "Bunyodkor"ni qabul qiladi.
Ikkinçi davrada hozirça ğalaba qozonmagan “Paxtakor” bu an'anaga poytaxt derbisida çek qöyişga urinib köradi. "Paxtakor"da Tojiyev diskvalifikatsiya, Karimov va Kozak jarohat sababli maydonga tuşa olmaydi. "Bunyodkor"dan Bulyat ham aynan diskvalifikatsiya sababli öyinni ötkazib yuboradi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Qarama-qarşilik
Oliy ligada jamoalar 19 bor töqnaş kelişgan. 4 bahsda "şerlar", 7 uçraşuvda raqiblar zafar quçgan. 8 öyinda kuçlar teng kelgan. 16 töp kiritgan jamoamiz 23 marta darvozasidan töp olib çiqqan. "Paxtakor" maydonida ötgan 9 bahsning 6tasi durang bilan yakunlangan. Ikki bor jamoamiz, bir safar mehmonlar yutuqqa erişgan.
PFL rasmiylari
Uçraşuvni Vadim Agişev boşçiligidagi hakamlar guruhi boşqaradi. Joriy mavsumda 2 bahsimizni boşqardi. Ularda bittadan ğalaba va mağlubiyat kuzatilgan.
"Paxtakor" - "Bunyodkor"
Hakamlar: Vadim Agişev (Toşkent), Timur Galeyev (Toşkent), Akbar Pölatov (Toşkent), Akobir Şukurullayev (Toşkent).
Nazoratçi: Ibrohim Şaripov (Buxoro).
PFL vakili: Ahrol Inoyatov.
Yoşlar ligasi uçraşuvi 16 sentabr kuni soat 17:00da Qibraydagi stadionda boşlanadi. Asosiy jamoalar öyini 17 sentabr, şanba kuni "Paxtakor" stadionida 18:30da start oladi. Çiptalarni stadion kassalaridan 5 va 15 ming sömdan xarid qiliş mumkin.












