Rossiya Soğliqni saqlaş vazirligining Ijtimoiy salomatlik va kommunikatsiya boşqarmasi rahbari Oleg Salagayning ma'lum qilişiça, tamaki mahsulotlarini çekuvçi inson bu zararli odatini taşlasa, bu uning umrini kamida 2,5 yilga uzaytiradi. Uning sözlariga köra, ba'zi mamlakatlarda bu körsatkiç 5 yilni taşkil qiladi. Bu haqida "Ekonomika segodnya" naşri xabar berdi. 

Manbaga köra, spirtli içimliklar iste'moli, tamaki mahsulotlarini çekiş va semizlik bilan boğliq kasalliklar butun dunyo aholisining 70 foiz ölimiga sabab böladi. Şuningdek statistikaga köra, tamaki va çekiş  Yer yuzidagi 20 foiz katta yoşli aholining hayotini xazon qiladi. Ularning deyarli yarmi 70 yoşga yetmay, hayotdan köz yumadi.