Jamiyat | 10:33 / 17.09.2016
11528
3 daqiqa o‘qiladi

Biologlar antiqa arilar turini aniqlashdi


AQSh biologlari AQShning janubi-g‘arbidagi cho‘lli hududlarda yangi arilar turi – Anthophora pueblo’ni aniqlashdi. Bu arilar qumtoshlar (presslangan qumdan hosil bo‘lgan cho‘kma tog‘ jinsi) ichida uya qurishlari aniqlandi. Ular qumtoshda suv yordamida teshikni kengaytirib, uni g‘alvirsimon pishloqqa o‘xshash ko‘rinishga keltiradi. Bu haqdagi maqola Surrent Biology jurnalida keltirildi.

Arining nomidagi pueblo so‘zi orqali arilar aniqlangan joyda yashagan va qumtoshni mohirona qayta ishlay olgan pueblo madaniyati xalqi nomiga ishora qilingan. Yangi ari turining katta vakillari 10-14 mm uzunlikka ega. Ular quruq cho‘lli hududlarda yashab, asosan aprel-iyun oylarida hamda gullash mavsumida uchadi.

Bu hasharotlar yuqori harorat va zaxiralarning tanqisligi sharoitida yashagani uchun ular issiqdan saqlanish uchun an'anaviy tarzdagi ari uyalari qurmay, balki qumtosh ichida in quradilar. Ular inni kengaytirish uchun suvdan foydalanadi. Arilar suvni teshikka quyib, teshikni suv bilan yuvilgan qum zarralaridan tozalab, uni chuqurroq qiladi. Shuning uchun bu arilarning inlari asosan suv havzalari yaqinida joylashadi. Ayni vaqtda bunday inlardan beshtasi ma'lum. Ular Kolorado, Yuta shtati janubida va O‘lim vodiysida (Kaliforniya) joylashgan.

Qumtosh ichida issiq vaqtda tashqaridan ko‘ra salqinroq bo‘ladi, shuning uchun qumtosh kunduzgi issiqlikni cho‘ldagi tungi salqin havoda issiqroq bo‘lish uchun saqlaydi. Bundan tashqari, arilar qumtoshdan nafaqat qishki uyqu vaqtida, balki yilning issiq vaqtida ham chiqmasliklari mumkin. Bu juda muhimdir, chunki AQShning janubi-g‘arbidagi cho‘llarda vaqti-vaqti bilan umuman yomg‘irsiz yillar bo‘ladi. O‘simliklar bunday vaqtda gullaymaydi, arilar esa ochlikdan halok bo‘lishi mumkin. Mustahkam, uzoq muddatga yaraydigan inlar arilarga uyg‘onishni yomg‘irlar boshlanguncha qoldirishga imkon beradi. Agar bu arilarning uyalari arilarning boshqa turlari uyalari uchun odatiy bo‘lgan materiallardan tayyorlanganda, bu uyalar arilarning uyg‘ongunicha barbod bo‘lishi va undagi arilarning hayotini xavf ostiga qo‘yishi mumkin edi.

 

Mavzuga oid