Ukraina Xalqaro valyuta jamğarmasidan (XVJ) 1 mlrd dollar oldi, deb xabar bermoqda UNIAN axborot agentligi.
"Ukraina milliy banki ma'lumotiga köra, 14 sentabrda keçki vaqt ma'lum qilingan, jamğarma direktorlari kengaşi qarori doirasida kutilganidek 1 mlrd dollar miqdorida mablağ olindi", deb ma'lum qildi agentlik.
XVJ Ukrainaning Rossiyaga qarzi bölişiga qaramasdan unga yordam körsatmoqda. Jamğarma qoidalariga köra, qarzdor davlat öz qarzini tölaş böyiça vijdonli sa'y-harakatlarni namoyiş qilgan taqdirdagina bunga yöl qöyiladi.
Avvalroq Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov Kiyev qarzini tölaş böyiça heç qanday sa'y-harakatni amalga oşirmayotgani va Moskva XVJning Ukrainaga navbatdagi kreditni beriş böyiça yondaşuvidan juda hafsalasi pir bölganini aytgandi.












