Aston Martin kompaniyasi DB11 superkarining— Volante nomi bilan işlab çiqariluvçi tomi oçiladigan rusumini namoyiş etdi. Kompaniya şu paytgaça tomi yopiq va yon hamda ustiga niqoblar yopiştirilgan prototipi suratlarini avtohavaskorlar e'tiboriga havola qilgan edi. Model rasman 2018 yil bahoridan işlab çiqarila boşlanadi.
DB11 kupesi şu yilning mart oyida taqdim etilgandi. U, «Aston»ning birinçi turbo dvigateliga ega modeli böldi. Superkarga 5,2-litrli, 12 silindrli, 608 ot kuçiga ega motor joylandi. Maşinaning uzatmalar qutisi 8 bosqiçli ZF avtomatikasi bölib, maşina orqa öqiga özi bloklanadigan differensial hamda oğirlik kuçini nazorat qiluvçi tizim ham joylangan.

Bunday maşina 3, soniyada «yuz»ga çiqa oladi. Uning eng yuqori tezligi soatiga 322 kmni taşkil etadi.
Aston Martin DB11 modeli şu yilning törtinçi çoragidan Yevropada töplamiga qarab, 204,9 ming yevrodan sotila boşlanadi.













