Irqiy tengsizlik va doimiy kamsitiş Janubiy Afrika Respublikasida deyarli 50 yil davomida hukmron bölgan. 90-yillarning boşida vaziyat yaxşi tomonga özgargan bölişiga qaramay, aparteid allaqaçon içki tuzilmaga kirib borgan. Yöllar, daryolar va dalalar turli irqdagi kişilar yaşagan joylar orasidagi hududlarni ajratib turgan. 2016 yilda suratkaş Jonni Miller quş parvozidan "aparteid me'morçiligi"ni suratlarda muhrlaşga qaror qildi. Hududiy ajratiş mahalliy hukumatga qora tanli aholining ta'lim olişi, yuqori malaka talab qiluvçi joylarda işlaşi, şahar resurslariga egalik qilişni çeklaşiga olib keldi. Buning natijasida esa moddiy ta'minotlar haddan taşqari adolatsiz taqsimlandi. Millerning dron yordamida olingan suratlari bu tafovutni aniq körsatib bergan. Keyptaun - ajoyib şahar. "U juda körkam", - deya ta'kidlaydi Miller. - "Bu birinçi va uçinçi dunyoning aralaşmasi".

Mamlakatning qora tanli aholisi yuz yillar davomida fuqarolik huquqlaridan mahrum bölgan. Irqçilik 1948 yildan boşlab aparteid qonunlari bilan muhofaza qilingan. 

Aparteid kelib çiqişi turliça bölgan oq tanli bölmagan kişilarga "qora" va "rangli", deb nom bergan. "Qoralar" - Şarqiy Kap provinsiyasidan kelib çiqqan kos tilida sözlaşuvçi kişilar. "Ranglilar" - Indoneziya va Madagaskar qullaridan kelib çiqqan yoki mahalliy koysan xalqi vakillari. 

Aparteid endi qonun hisoblanmaydi, biroq u paytlardan 50 yil vaqt ötgan bölsa-da, köplab qora tanli kişilar şahar taşqarisidagi qurğoq joylarda yaşaydi. 

Badavlat kişilar esa şahar markaziga yaqin Atlantika sohilidagi körkam maskanlarni egallaşgan.

"Şunisi qiziqki, ba'zan juda qaşşoq jamiyatlar qandaydir sabab bilan boy hududlar örtasida joylaşgan", - deydi Miller. 

Miller şu hududlarni suratga tuşirişga qaror qildi. Bir sayt yordamida u ma'lumotlarni interaktiv xaritaga jamladi va kişilarni irqi, daromadi va ona tiliga qarab tasnifladi. 

U Google Maps böyiça DJI Inspire One dronini qöndiriş uçun xavfsiz hududlarni aniqlab oldi. JAR qonunlari dronlarni uçirişni taqiqlamaydi, tijorat maqsadida uçirilgan dronlar bundan mustasno. 

Natijalar tasavvurni hayratga soladi. "JARdagi tafovut haqida bilardim, lekin balandlikdan olingan suratlarni qölga olgunga qadar ularni bu darajada farq qiladi, deb öylamagandim".

Boylar va kambağallar örtasidagi farq hattoki uylarning rangida ham sezilib turadi. 

Uşbu ikki tuman örtasidagi golf maydoni tasvirda sezilarli darajada ajralib turibdi.

Faqatgina aerofotos'yemka yordamida boylar yaşaydigan joylar va kulbalardagi aholi ziçligi örtasidagi tafovutni muhrlaşning uddasidan çiqildi. 

Millerning sevimli suratlaridan birida qaçonlardir Nelson Mandela yaşagan Iskandariya şahri atrofi va  yirik markaz Sendton örtasidagi farq aks ettirilgan. 

Bu suratlarni dunyo böylab yuz minglab kişilar tomoşa qilişdi va natija kutişga majbur qilmadi. 

"Insonlar bilmagan narsalari, boşqa tilda sözlaşuvçi, tanasi boşqa rangda bölgan odamlar va begona madaniyatdan qörqişadi", - deb ta'kidlaydi Miller. - "Bu qörquvning sababi tuşunarli va tarixiy voqealarga asoslangan bölsa-da, bu vaziyatni özgartiriş zarur".

Endilikda Miller ma'lumotlarni raqamlab tarqatuvçi Code For Africa ijtimoiy taşkiloti bilan hamkorlik qilmoqda, şu yöl bilan u jurnalistika sohasida yuqori texnologiyalardan foydalanişni tarğib qilmoqda. 

Şuningdek u dronsevarlar jamiyatini taşkil qilişni maqsad qilgan.