Bugun, 18 sentabr kuni Rossiyada yagona saylov kuni bölib ötmoqda. Rossiya fuqarolari Davlat dumasining yangi tarkibini tanlaydi.

Umumiy hisobda Davlat dumasi saylovida 111,5 mln saylovçi qatnaşadi, jumladan xorijda bölgan Rossiya fuqarolari ham.

Markaziy saylov qömitasi ma'lumotiga köra, dunyoning 147 mamlakatida saylov uçastkalari taşkil qilingan. Ularning aksariyati Rossiyaning çet eldagi 235 elçixona va konsullik binolarida joylaşgan. 

Ötgan saylovda faqat 4 partiya qatnaşgan bölsa,  bu safar saylovçilar 14 partiyadan birga ovoz berişi kerak böladi. Partiyalar parlamentdan örin oliş uçun, saylovçilarning eng kamida 5 foiz ovozini töplaşi talab etiladi.

2003 yildan beri ilk marta parlament saylovlari yana aralaş tizimda ötkazilmoqda. Saylovda 5 foizdan köp ovoz olgan partiyalar nomzodlarining yarmi (225 nafar deputat) partiya tomonidan taklif qilingan röyxatlarga asosan tanlanadi, yana şunça deputat esa bir mandatli okruglarda saylov ötkaziş usuli bilan tanlanadi.