Bolalar mahsulotlari sanoat korxonalari assotsiatsiyasi (BMSA) "Öyinçoqlar xavfsizligi haqida"gi texnik qoidalarga töğirlaş kiritmoqçi. Unga köra, Barbi qöğirçoği Rossiyada öyinçoqlar ekspertizasidan öta olmaydi. Bu haqida RT ma'lum qildi.
Assotsiatsiya töğirlaş kiritiş loyihasida bolalarning axloqiy-hissiy holatiga ta'sir qiluvçi xavf mezonlari yetarliça töliq körsatib berilmagan, deb hisoblaydi. Xususan, köpmillatli Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqidagi bolalarning diniy, milliy va boşqa xususiyatlari inobatga olinmagan. BMSA Yevropa standartlari böyiça kiyintirilgan va musulmon dunyosi qadriyatlariga töğri kelmaydigan oçiq kiyimlardagi Barbini bunga misol sifatida keltiradi.
Qozoğiston milliy iqtisodiyot vazirligi texnik qoidalarga öyinçoqlarning ruhiy-pedagogik tekşiruv me'yorini kiritiş taklifi bilan çiqdi. Şu tariqa Barbi qöğirçoqlari bolalar öyinçoqlari mahsulotlari sotuvida taqiqlanişi kerak. Şuningdek zöravonlik bilan boğliq öyin syujyetlarini tarğib qiluvçi öyinçoqlar ham taqiqlanişi ta'kidlangan. Bundan taşqari insonlarning jismoniy kamçiliklari yoki irqçilikka işora qiluvçi öyinçoqlar ham qat'iy taqiq ostiga tuşadi.
Hozirda töğirlaş kiritiş loyihasi 30 noyabrga qadar davom etadigan ommaviy muhokama jarayonidan ötmoqda.












