“Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qiliş tizimi yanada takomillaştirilişi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
“Xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş töğrisida”gi qonunda “Ta’qib etiş” (stalking) tuşunçasiga ta’rif berilib, ta’qib etganlik uçun ham himoya orderi berilişi mumkinligi belgilanmoqda.
Ta’qib etiş - jabrlanuvçida qörquv yoki ruhiy tuşkunlikni keltirib çiqaruvçi, uni xohiş-irodasiga qarşi qidiriş, oğzaki, aloqa vositalari yoki boşqa usullar orqali aloqaga kirişiş, iş, öqiş va yaşaş joyiga boriş bilan ifodalanadigan bir martadan köp sodir etiladigan harakat.
Tazyiq va zöravonlikdan jabrlanuvçiga davlat himoyasini taqdim etuvçi order sud tomonidan 1 yil muddatgaça berilişi belgilanmoqda. Amalda order içki işlar idoralari tomonidan 30 kunga beriladi. 2022 yilda ilgari himoya orderi berilgan xotin-qizlarning 12 nafari takroran zöravonlikka uçragan.
Himoya orderi bilan belgilanadigan qöşimça çeklovlar turlari (jabrlanuvçi yaşaydigan turar joy maydoni yoki uning bir qismidan foydalaniş, jabrlanuvçi iş joyi yoki boşqa joylarga yaqinlaşişni muayyan vaqtga çeklaş, muayyan joylarda bölmaslik, narkologik kasallikdan davolaniş) kiritilmoqda.











