Qayd qilinişiça, qöğirçoq xavfsiz plastmassadan tayyorlangan, hidsiz plastik, böyi 43 sm, boşi, qöllari va oyoqlari harakatçan, qalin uzun jigarrang soçlari va jigarrang közlari bor.
Şuningdek, qöğirçoq Qur’oni Karimning 10 ta surasini, namoz duolarini va Oyat-al-Kursiyni arab tilida, tajvid qoidalariga rioya qilgan holda öqişi aytilmoqda. E’londa keltirilişiça, bola qöğirçoq bilan öynab, sura va duolarni tez yodlab olişi mumkin.
Bundan taşqari, «Amina» qöğirçoği kamtarona, çiroyli, bayramona libosda kiyingan. Qöğirçoq solingan qutida qöşimça namoz libosi, joynamoz, puşti hamyon, soç çötkasi va oyna borligi ta’kidlangan.

Qöğirçoq 5500 rubl (taxminan 900 ming söm) narxda taklif qilinmoqda.












