IAEA (Xalqaro atom energetikasi agentligi) boş direktori Yukiya Amano Şimoliy Koreya hukumatini BMT XK va agentlik rezolyutsiyalarini zudlik bilan bajarişga undab, hal qilinmagan masalalar yeçimi bilan şuğullanişga çaqirdi.
«Men KXDR rahbariyatini BMT Xavfsizlik kengaşi va Xalqaro atom energetikasi agentligining barça qarorlarini bajarişga çaqiraman. KXDR agentlik bilan hamkorlik qilişni boşlab, agentlik inspektorlari mamlakatda bölmagan vaqtda paydo bölgan masalalar singari hal qilinmagan muammolarga barham beriş bilan şuğullanişi lozim», — degan agentlik rahbari.
Uning sözlariga köra, agentlik Şimoliy Koreya yadro muammosi sohasidagi voqealar rivojini kuzatişda davom etadi.












