Ispaniya fuqarolik gvardiyasi Kastiliya-La-Mança muxtor hamjamiyatida joylaşgan villada 4 ta bölaklangan jasad topdi. Jasadlardan ikkisi yoş bolalarga tegişli. Bu haqda EFE axborot agentligi xabar bermoqda.
Agentlik ma'lumotlariga köra, uy aholisi 3,5 ming kişini taşkil qiladigan Pios munitsipalitetida joylaşgan. Huquq-tartibot muassasalari xodimlari jasadlarni qöşnilardan biri villa atrofidan kelayotgan badböy hid haqida şikoyat qilgandan keyin aniqlagan.
Ta'kidlanişiça, uyda uni ijaraga olgan braziliyaliklar yaşagan. Politsiya uşbu holat yuzasidan tergov boşlagan.












