18 sentabrda Braziliyaning Rio-de-Janeyro şahrida XV yozgi Paralimpiya öyinlarining yopilişi marosimi bölib ötdi. Musobaqalar 7 sentabrdan 18 sentabrgaça davom etdi, unda 22 ta sport turi böyiça 528 ta medallar töplami öynaldi.
Medallar umumiy hisobi böyiça Xitoy 1-örinni egalladi. Xitoylik sportçilar umumiy hisobda 239 ta medal, jumladan 107 oltin medal qölga kiritişdi. 2-örinni Buyuk Britaniya (147 ta medal) va 3-örinni Ukraina (117 ta medal) egalladi.
Özbekistonlik sportçilar ham öyinlarda munosib iştirok etdilar. Terma jamoamiz umumiy hisobda 31 ta medal qölga kiritdi, ulardan 8 tasi oltin, 6 tasi kumuş, 17 tasi bronza medal böldi. Umumiy hisobda Özbekiston terma jamoasi 15-örinni egalladi.




















