Özbekistonning Rossiya va boşqa mamlakatlarga eksport qilinayotgan Ravon 2 hetçbeklari narxi yaqin orada oşadi. Rossiyadagi naşrlar xabarlariga köra, rossiyalik xaridorlar uçun bu avtomobillarning narxlariga örtaça 20 ming rubldan qöşiladi.
Ikkita xavfsizlik yostiqçasi bilan jihozlangan bazaviy modifikatsiyadagi avtomobilning narxi 409 ming rubl böladi (avvalgi 390 ming örniga). Top komplektatsiyaning narxi esa 509 ming rublga teng böladi.
Şuni ham aytiş joizki, avtomobil bozori ekspertlari narxlar oşişiga qaramasdan savdo hajmi tuşib ketmasligiga işonç bildirişmoqda.
Ravon brendi GM Uzbekistan kompaniyasi tomonidan Rossiyada ötgan yilning kuzida taqdim etilgandi. Şundan söng rossiyalik xaridorlarga Ravon2, Ravon Nexia, Ravon Gentra va Ravon Matiz modellari sotilişi yölga qöyildi.
Mazkur brend Rossiyada ommabop bölgan, lekin eskirib qolgan Matiz va Nexia hamda Rossiya bozorini tark etgan Chevrolet avtomobillari örnini egallaşi közda tutilgan.












