Rossiyaning Astraxan viloyatidagi 316-saylov uçastkasida bir ayol doimiy yoki vaqtinçalik yaşaş joyiga biriktirilgan saylov uçastkasi örniga istalgan boşqa saylov uçastkasida ovoz beriş huquqini beruvçi guvohnomani yeb qöydi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
Voqea yuzasidan tekşiruv ötkazildi.
"Ayolga tez tibbiy yordam çaqirtirildi, biroq u söroq vaqtida barçasini inkor qilgan. Bu tekşiruv natijalari prokuratura orqali tergov qömitasiga topşiriladi", deb aytildi xabarda.
Ma'lum qilinişiça, ayol erkakça familiyali guvohnoma bilan saylov byulletenini olmoqçi bölgan. Kuzatuvçining bunga qarşilik körsatişi vaqtida ayol kuzatuvçining qölini tişlab olgan va söngra guvohnomani oğziga solib çaynay boşlagan.
Avvalroq Astraxan viloyati saylov komissiyasi raisi Igor Korovin saylov komissiyasi ovoz berişda iştirok etgan aholidan kolbasa va pullar bilan ovozlarni sotib olişga urinişlar bölganidan şikoyatlar olganini ma'lum qilgandi.












