Qirğiziston prezidenti Almazbek Atambayevning soğligi böyiça jiddiy taşvişlanişga hojat yöq. Bu haqda RIA Novosti agentligi Qirğiziston prezidenti matbuot xizmati rahbari Almaz Usenovga asoslanib xabar bergan.
Bundan oldinroq Qirğiziston davlati rahbari qisqa muddatli ta'tilga çiqqani haqida ma'lum qilingandi. U sentabr oxirigaça Turkiyada bölib, tibbiy körikda böladi.
Qirğiziston prezidenti 19 sentabr kuni BMT Boş Assambleyasining 71-sessiyasida iştirok etiş uçun AQŞga yöl olgandi. Samolyot Nyu-Yorkka uçiş davomida Turkiyadagi Otaturk aeroportiga qönganida prezident özini yomon his qildi va kökragidagi oğriqdan şikoyat qildi.
Yuzaga kelgan muammo tufayli Qirğiziston prezidentining Nyu-Yorkka işçi taşrifi bekor qilindi, u yerda u BMT Boş Assambleyasi sessiyasida umumiy munozaralarda qatnaşmoqçi edi.
"Prezidentning ahvoli yaxşi. U ta'tilda. Uning soğligiga xavf yöq", — degan matbuot kotibi.
U RIA Novosti muxbiri savollariga javob qaytarar ekan, prezidentning qaçon işga çiqişi borasida aniq ayta olmagan.
"Ertaga köramiz", — degan u.
Bundan oldingi xabarlarda Atambayevning rasmiy ta'tili 1 oktabrgaça çözilişi mumkinligi aytilgandi.

















