Avstraliyaning Clenergy Team Arrow kompaniyasi quyoş batareyasidan quvvat oluvçi poyga prototipini işlab çiqdi. Firma rahbariyati bu maşinaning seriyali rusumini konveyerga qöyişni rejalaştirmoqda. 

Model Arrow STF deb nomlangan. Uning ilk namoyişi 8-15 oktabr kunlari Avstraliyada taşkil etiladigan 3000 kilometrlik World Solar Challenge marafonida bölib ötadi. Unda, faqatgina quyoş batareyasidan quvvatlanuvçi maşinalargina qatnaşa oladi. 

Arrow STF modeliga ikkita elektr dvigatel örnatilgan bölib, ularning ot kuçiga oydinlik kiritilmagan. Motorlar harakatlaniş uçun quvvatni quyoş batareyalari energiyasini töplovçi litiy-ion akkumulyatoridan oladi. Avtomobilga örnatilgan quyoş elementlari maydoni 5 metr kvadratni taşkil etadi. 

Arrow STF maşinasi şahar şaroitida ming kilometrdan ortiqroq masofani bosib öta oladi. Magistral yöllardagi tezlikda harakatlansa, 300-400 km masofani ortda qoldiradi. Zarurat bölganda, xöjalik elektr tarmoğidan ham quvvatlanişi mumkin. 

Işlab çiqaruvçining ta'kidlaşiça, STF modelining aerodinamik samaradorligi, hozirda mavjud avtomobillarnikidan yuqoridir. 

Hozirça, Arrow STF seriyali tarzda işlab çiqarilişi noma'lum bölsa-da, Clenergy Team Arrow kompaniyasida ma'lum qilişlariça, ular model uçun bir neça buyurtma qabul qilişgan. Bundan taşqari, kompaniya saytida onlayn buyurtma beriş imkoni ham mavjud. 

ABC.net.au xabar berişiça, bu maşinaning bir nusxasi 250 ming dollar atrofida böladi. Biroq, avtomobilga sovutgiç örnatilişi dargumon.