Qirğiziston prezidenti Almazbek Atambayev soğligida yuzaga kelgan muammo tufayli qisqa muddatli ta'tilga çiqdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmatiga asoslanib, TASS agentligi xabar tarqatgan.
Xabarda u tibbiy körikdan ötiş uçun ta'tilga çiqqani qayd etilgan.
Eslatib ötamiz, 19 sentabr kuni Almazbek Atambayev BMT Boş Assambleyasining 71-sessiyasida iştirok etiş maqsadida AQŞga parvoz qilgan, Istanbulning Otaturk nomidagi aeroportiga qönganida esa özini noxuş his qila boşlagandi.
Aeroportda u dastlabki körikdan ötkazildi va unda «yurak bilan boğliq muammo simptomlari» aniqlandi. Turkiyalik şifokorlar Atambayevga çuqurlaştirilgan tibbiy körikdan ötişni tavsiya qildi.
U taxminan 1 oktabr kuni işga çiqişi aytilgan.
«Prezident bugundan boşlab qisqa muddatli ta'tilga çiqdi, bu puxta tibbiy körikdan ötiş zaruriyati bilan boğliq», — deyilgan matbuot xizmati xabarida.
Yuzaga kelgan muammo tufayli Qirğiziston prezidentining Nyu-Yorkka işçi taşrifini bekor qilindi, u yerda u BMT Boş Assambleyasi sessiyasida umumiy munozaralarda qatnaşmoqçi edi.
Atambayev buyruğiga binoan BMT kengaşida Qirğiziston delegatsiyasiga respublika taşqi işlar vaziri Erlan Abdildayev boşçilik qiladi.

















