Kann festivali Venetsiya kinofestivalining muqobili sifatida paydo böldi. 1938 yili Venetsiya festivalining boş mukofotiga Leni Rifenştalning "Olimpiya" filmi munosib köriladi, Amerika va Fransiya delegatsiyalari hakamlar hay'atining bunday pozitsiyasiga qarşiligini namoyiş etib, festivalni tark etişadi. Şundan söng 1939 yilda fransuzlar körkam Kann şahrida kinofestival taşkillaştirişadi, biroq ikkinçi jahon uruşi xalaqit beradi. Ilk Kann festivali 1946 yilda namoyiş etilgan. Kann festivali doimo özining mustaqilligi va yengilligi bilan ajralib turadi. U yerda sobiq ittifoq filmlari ham yaxşi qabul qilingan. Kruazett sohillarida "Olovli yillar qissasi", "Optimistik fojia" va hattoki "Lenin Polşada" kartinasi turli xil yönalişlarda Kann mukofotini qölga kiritgan. Boş mukofot - "Oltin palma şoxi"ga esa sobiq ittifoqning faqatgina bir filmi - "Turnalar uçmoqda" sazovor bölgan. Festivalning 70 yilligi munosabati bilan turli yillarda Kann mukofotini qölga kiritgan sobiq ittifoq filmlarini yodga olamiz.
1969 yil. Andrey Tarkovskiy "Andrey Rublyov" filmi uçun Tanqidçilar mukofotini olgan

2014 yil. Andrey Zvyagintsevning "Leviafan" filmi "Eng yaxşi ssenariy" yönalişida ğolib bölgan

2011 yil. Andrey Zvyagintsev "Yelena" filmi maxsus mukofotni qölga kiritgan. Suratda Zvyagintsev aktrisalar Nadejda Markina va Yelena Lyadovoylar bilan Kann festivalida

1987 yil. "Taassuf" filmi rejissyor-postanovkaçisi Tengiz Abulzade hamda aktrisa Ketevan Abulzade Kann kinofestivalining boş mukofoti va diplomi bilan

1979 yil. Andrey Konçalovskiy "Sibiriada" uçun Gran-pri mukofotiga sazovor bölgan

1972 yil. Andrey Tarkovskiy "Solyaris" filmi uçun Gran-pri mukofotini qölga kiritgan

1960 yil. Aktrisa Iya Savina "Ayol bilan it" filmidagi boş roli uçun maxsus mukofotga loyiq, deb topilgan
















