Özbekiston respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvçi, Respublika Boş vaziri Şavkat Mirziyoyev 18 sentabr kuni Toşkent şahrining bir qator tumanlarida bölib, amalga oşirilayotgan bunyodkorlik va obodonlaştiriş işlari, aholi mavzelari, köp qavatli uy-joylar va ijtimoiy soha obektlarini kuzgi-qişki mavsumga tayyorlaş işlarining holati bilan bevosita tanişdi. Bu haqda Toşkent şahri hokimiyati matbuot xizmati xabar tarqatgan.

Yunusobod tumanidagi bunyodkorlik va obodonlaştiriş işlari bilan tanişuv davomida mamlakatimizning birinçi prezidenti Islom Karimovning körsatmalariga binoan Toşkent metropoliteni yöllarini zamonaviy yölsozlik va tunnelsozlik texnologiyalarini joriy etiş orqali davom ettiriş işlariga alohida e'tibor qaratildi.

Xususan, Yunusobod yönalişidagi 2 ta bekatda quriliş işlarini yakunlaş, yangi yer osti va yer usti tezyurar metro yönalişlari qurilişini loyihalaştiriş masalalari yuzasidan tegişli vazirlik va idoralar rahbarlariga topşiriqlar berildi.

Şavkat Mirziyoyev şu kuni poytaxtning Çilonzor tumanida ham bölib, Bunyodkor şohköçasi va Muqimiy nomidagi köça çorrahasida bunyod etiladigan, uzunligi 600 metr bölgan 6 qatorli yölötkazgiçning quriliş jarayoni bilan yaqindan tanişdi.

U şuningdek, Yunusobod tumanini Mirzo Uluğbek tumani bilan boğlaydigan yangi yöl barpo etiş, bunda Yangi şahar köçasini Boğişamol köçasi bilan tutaştiradigan 1 ming 100 metrdan iborat yangi avtomobil yöli hamda Bözsuv kanali ustida quriladigan 510 metrli köprik loyihalari bevosita joyida atrofliça muhokama qilindi.

Uşbu obektlarda quriliş işlarini 2017 yil mart oyida töliq va sifatli yakunlaş yuzasidan zarur çora-tadbirlarni amalga oşiriş töğrisida topşiriqlar berildi.

Ma'lumot uçun, Toşkent metrosining «Yunusobod» yöli qurilişi 1988 yilda boşlangan bölib, 2001 yilning sentabrida quriliş işlari töxtab qolgan edi. Metroning uşbu yönalişi loyihalaştiriş va qurişda juda murakkab bölib çiqdi, çunki metro tunneli va bekatlari joylaşgan joylar kanallar va Bözsuv ostiga töğri keldi. Undan taşqari, metro qurilişiga ötgan köplab muhandislik kommunikatsiyalari ham xalaqit berdi.

Bugungi kunda uşbu metro yönalişining asosiy muammosi uning Yunusobodning aholi gavjum yaşaydigan mavzelarigaça yetib kelmagani hisoblanadi. Şuning uçun ham yölovçilarning köp qismi yo undan umuman foydalanmaydi yoki faqat tranzit maqsadlarda foydalanişi kuzatiladi.

Metro yönalişini aholi köp istiqomat qiladigan hududlargaça olib boriş orqali şahardagi avtomobil transporti yukini bir qadar yengillaştiriş, şuningdek, metropolitenning rentabelligini sezilarli darajada oşiriş mumkin.