Yaqin vaqtlar içida Toşkent şahrida navbatdagi quriliş işlari boşlanadi. Nuz.uz sayti Toşkent şahri hokimiyatiga asoslanib xabar qilişiça, Yunusobod va Mirzo-Uluğbek tumanlari yangi yöl orqali boğlanadi.
6 qatorli avtoyöl Mega Planet savdo markazi oldidan boşlanib, mahallalar içidan ötadi va Kabel zavodiga tutaşadi. Uşbu yöl qurilişi davomida bir qança turar joylar va binolar köçirilişi közda tutilgan. Bular qatorida 10ga yaqin xususiy uy va "Salam Popalam" restorani ham bor.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, yangi yöl keyingi yilning bahorida oçilişi mumkin. Bu yölda ilk harakatlaniş Navröz bayrami kunida yölga qöyilişi nazarda tutilgan.


















