Haftalik Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qömitasi, Kompyuterlaştiriş va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantiriş böyiça muvofiqlaştiruvçi kengaş, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi hamda boşqa qator hamkor taşkilotlar tomonidan taşkil etildi. 

Mustaqillik yillarida Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida davlat hokimiyati organlari faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanişni kengaytiriş uçun institutsional asoslar yaratildi, idoralar örtasida elektron axborot almaşinuvi yölga qöyildi, aholi davlat hokimiyati organlari faoliyatiga oid axborotdan keng foydalanmoqda. Mamlakatimiz Birinçi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi “Özbekiston Respublikasining milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan 2013-2020 yillarda Özbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantiriş kompleks dasturi uşbu sohani yanada takomillaştirişga xizmat qilayotir. 

2004 yildan buyon an'anaviy tarzda ötkazib kelinayotgan “ICTWEEK Uzbekistan” haftaligi mutaxassislar va axborot texnologiyalaridan foydalanuvçilarda katta qiziqiş uyğotmoqda. 

Tadbir doirasida 20 sentabr kuni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sammiti ötkaziladi. Unda hamkorlik munosabatlarini örnatiş va mustahkamlaş, sohadagi yutuq va muammolarni muhokama qiliş hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirişning dolzarb masalalari böyiça fikr almaşiş maqsadida Özbekiston va xorijiy mamlakatlar mutaxassislari iştirok etadi. 

21-23 sentabr kunlari Toşkent va Namangan şaharlarida an'anaviy “ICTExpo – 2016” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari milliy körgazmasi bölib ötadi. Unda axborot xizmatlari bozorida taqdim etilayotgan eng zamonaviy tizim va texnologiyalar namoyiş etiladi. Mamlakatimiz kompaniyalari yuqori texnologiyali mahsulotlar, xususan, dasturiy ta'minot, kompyuter texnikasi, mobil aloqa va ma'lumotlar uzatiş xizmatlarini taqdim etadi. Şuningdek, iştirokçilar “elektron hukumat” böyiça amalga oşirilgan loyiha va texnologiyalarning eng yaxşi namunalarini ham namoyiş qiladi. Mazkur ekspozitsiya yagona davlat ma'lumotlar bazasini yaratiş va aholiga interfaol xizmatlar körsatişga doir samarali yeçimlarni taklif etiş imkonini beradi. 

Haftalikning muhim voqealaridan biri bölgan “ICT Forum – 2016”da axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasini yanada rivojlantirişning zamonaviy tendensiyalari muhokama etiladi. Joriy yilda mazkur forumda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi yetakçi kompaniyalar vakillari, ekspertlar va xorijiy mutaxassislar – jami 800 dan ziyod kişi iştirok etadi. Unda mavzuga oid sakkiz yönalişda yuzdan ortiq ma'ruza taqdim etiladi.