Xitoyning Xarbin şahrida bölib ötayotgan Harbin Polarland tematik parki festivalida pingvinlar paradi ötkazildi.

Uşbu parad Harbin Polarland parkida har yili bölib ötadi. Kostyum kiygan va böyinboğ taqqan pingvinlar park xodimlari hamrohligida tomoşabinlar yonidan ötişdi.

Harbin Polarland — dunyodagi birinçi qutb jonivorlari va arktik manzaralar parki hisoblanadi.

Bundan taşqari, Xarbinda muz va qor festivali ham ötkaziladi. Festivalda qor va muzdan ulkan inşootlar bunyod etiladi. Ötgan yil dekabrda balandligi qariyb 8 qavatli bino bilan teng qorbobo haykali festivalning taşrif qoğoziga aylangandi.