Janubiy Afrika Respublikasi hukumati Robinson R44 Raven II vertolyoti uning bortida bölgan pingvin sabab falokatga uçraganini ma’lum qildi, deb yozmoqda Daily Mail.
Hodisa pingvinni Quşlar orolidan Şarqiy Kap provinsiyasiga köçiriş vaqtida yuz bergan, ammo avariya tafsilotlari rasmiy hisobot e’lon qilinganidan keyin ma’lum bölgan.
Tadqiqot işlari yakunlanganidan keyin olim uçuvçidan pingvinni aeroportga yetkazişni söragan. Quş oddiy karton qoğoz içiga joylaştirilgan va yölovçi uni tizzasi ustiga qöyib ketgan. Ammo parvoz vaqtida quti sirpanib, boşqaruv tangajiga urilgan va vertolyot öng tomonga keskin oğib ketgan. Parraklarning yerga tegişi natijasida avariya sodir bölgan.
Hodisa oqibatida heç kimga — uçuvçiga ham, tadqiqotçiga ham jarohat yetmagan. Pingvinga soğ ekani aytilmoqda. Ammo vertolyot jiddiy şikastlangan. JAR Fuqarolik aviatsiyasi boşqarmasining qayd etişiça, parvozdan oldin xavfni baholaş ötkazilgan, lekin pingvinni taşiş xavfsizligi yetarli darajada ta’minlanmagan.

















