Yangi Zelandiya qirğoqböyi aholisi plyajlardan birida noyob mehmon – Adeli pingvinini uçratişdi. Uni körganlarning sözlariga köra, pingvin uzoq vaqt harakatsiz turgan. Bu mazkur turga mansub pingvin vakili Yangi Zelandiyada uçraşi bilan boğliq uçinçi holat. Dastlabki bu kabi ikki hodisa 1962 va 1993 yillarda kuzatilgan.
Pingvinning mazkur turi koloniyalari ilk marta fransuz tadqiqotçisi Jyul Dyumon-Dyurvil tomonidan 1840 yilda kaşf etilgan. Dyurvil ularni öz rafiiqasining ismi – Adeli, jonivorlarni uçratgan yerni esa Adeli Yeri deb atagan.
Yangi Zelandiya plyajida pingvinni birinçi bölib şu yerda yaşovçi Garri Singh uçratdi. Dastlab u pingvinni qirğoqda unutib qoldirilgan katta yumşoq öyinçoq deb öyladi. «U bir soat davomida qimirlamadi va holdan toyigan edi», deydi Singh.
Uning sözlariga köra, qutqaruvçilar maxsus guruhi kelguniga qadar pingvin yana suvga tuşişidan köproq qörqqan. Çunki bu holatida pingvin osonlikça Yangi Zelandiya qirğoqlarida yaşaydigan dengiz yirtqiçlarining öljasiga aylanardi.
Yangi zelandiyaliklar Pingu deb nomlaşga ulgurgan pingvinni davolaş bilan ön yil davomida pingvinlarni qutqarib kelayotgan mutaxassis, biolog Tomas Strekl şuğullanyapti. Unga veterinarlar jamoasi yordam beradi. Mutaxassisning sözlariga köra, uzoq vaqt faoliyati davomida turli pingvinlarni uçratgan, biroq bu ölkalarda mazkur turni heç qaçon körmagan. Pingu tahlillari şuni körsatdiki, jonivor çarçagan va suvsizlangan. Bir neça kundirki, pingvin maxsus trubka orqali oziqlantirilyapti.
Töliq tuzalgaç, u suvga qöyib yuboriladi. Antarktidaga qaytib ketiş-ketmasligini esa olimlar bilişmaydi. Ularning sözlariga köra, Adeli pingvinlarini uçratiş holatlari köpayişi uşbu jonivorlar yaşaydigan muhit özgarganini bildiruvçi xavotirli belgi böladi.
Joriy yilning fevralida Antarktidaning şimoliy uçida Tselsiy böyiça +20,75 daraja qayd etilgan. Bu tarixdagi eng yuqori harorat. Jahon meteorologiya taşiloti ma'lumotlariga köra, sönggi 12 yil içida global isiş ta'siri ostida Antarktida muzliklari jadal qisqarmoqda.

















