Qirğiziston prezidenti Almazbek Atambayev "voris" operatsiyasini qöllamaydi. Bu haqida QR prezident apparatining axborot siyosati bölimi xabar berdi.
Manbaga köra, Almazbek Atambayev mamlakat Konstitutsiyasiga özgariş kiritiş taşabbuskorlari taklif qilgan yakuniy matn bilan tanişib çiqqan va mazkur qonun loyihasini qöllab-quvvatlaşini bildirgan.
"Jöqorği Keneş deputatlari davlat rahbari tomonidan tasdiqlangan konstitutsiyaviy özgarişlar böyiça xalqning özi qaror qabul qilişi uçun imkon yaratişlariga hamda mazkur qonun loyihasini referendumga olib çiqişlariga işonçimni bildiraman", - dedi u.
Uning sözlariga köra, deputatlarning bunday qarori Qirğiziston Respublikasi mustaqilligini mustahkamlaş böyiça umumiy yönalişni qöllab-quvvatlaş va adolatli hamda samarali siyosiy tizim yaratiş sifatida baholanadi.
"Har bir davlat tarixida öz xalqi va yurti kelajagi uçun birdamlikni namoyiş etiş kerak böladigan paytlar kuzatiladi. Öylaymanki, Qirğiziston xalqi va xalq tomonidan saylangan Jöqorği Keneşi ötgan 5 yil davomida prezidentning manfaatparastlik maqsadlari bölmaganiga işonç hosil qildi", - deya prezidentning sözlarini keltiradi uning matbuot xizmati.
Almazbek Atambayev Qirğizistonda heç qaçon keyingi davlat rahbari kim bölişini oldindan bilib bölmaydi, deb hisoblaydi. "Şu bois men "voris" operatsiyasini qabul qila olmasligimni darhol aytganman. Konstitutsiyaviy özgarişlarda parlamentni zaiflaştiruvçi yoki boş vazir vakolatini haddan ziyod kuçaytiruvçi töğrilaşlar yöq. Aksinça, ularda aksariyatning koalitsiyasi kuçaytiriladi va haqiqiy parlament muxolifati paydo böladi. Töğrilaşlar Qirğiziston parlamentarizmini mustahkamlaş sari qöyilgan yana bir katta qadamidir", - dedi QR rahbari.












