AQŞning Indiana ştatida huquq-tartibot organlari xodimlari giyohvand moddalar savdosi bilan şuğullanuvçi qizni qölga olişdi.

Fox59 xabariga köra, Jonson okrugida istiqomat qiluvçi 19 yoşli Şelbi Eyks telefon raqamini adaştirib, politsiya xodimiga giyohvand modda sotib oliş taklif qilingan xabarni yuborgan.

Şundan söng, uni qölga oliş uçun yaşirinça amaliyot boşlangan. Detektivlar Eyks bilan boğlanişgan va undan 15 gramm miqdorida taqiqlangan moddani (metamfetamin) 575 dollar evaziga sotib olişgan.

Ikkinçi uçraşuvda Eyks 135 dollar evaziga 17ta tabletka sotişga uringan. U qölga olingan va endilikda unga 30 yillik qamoq jazosi tahdid qilmoqda.