Meksika huquq-tartibot organlari 9 iyun kuni 42 tonna metamfetamindan iborat yukni töxtatib qoldi.

Qayd etilişiça, bu mamlakatda musodara qilingan narkotik moddalarning eng yirik partiyasi hisoblanadi. Keng kölamli operatsiya huquq-tartibot organlari xodimlari Miçoakan ştatida beşta yerosti laboratoriyasini topganidan keyin boşlangan.

Ekspertlar qölga kiritilgan partiyani 1,06 milliard pesoga (55,7 million dollar) baholamoqda. Şuningdek, umumiy hajmi 8,8 ming litrga teng boçkalar ham musodara qilingan — ularda narkotik moddalarni işlab çiqarişda zarur böladigan kimyoviy tarkibiy qismlar saqlangan.

Operatsiya AQŞ va prezident Donald Tramp tomonidan Meksikada narkobiznesga qarşi kuraşni kuçaytiriş bosimi ostida ötkazildi. Tramp bojlar oşişi sabablaridan biri sifatida Meksika rasmiylarining giyohvand moddalar işlab çiqariş va AQŞga olib ötilişiga qarşi yetarliça kuraşmayotganini körsatgan. Meksika hukumati bunday ayblovlarga qöşilmagan.

AQŞ giyohvand moddalarga qarşi kuraşiş boşqarmasi ma’lumotlariga köra, Meksikadagi jinoiy guruhlar metamfetaminni Qöşma Ştatlarda asosiy yetkazib beruvçi hisoblanadi. Ular esa öz navbatida Xitoydan olib kelinayotgan kimyoviy vositalardan foydalanadi.