Qirğiziston huquq-tartibot organlari mamlakat poytaxti Bişkek şahri markazida 2ta qölbola bombani zararsizlantirdi. Bu haqda Qirğiziston Milliy xavfsizlik qömitasi matbuot kotibi Rahat Sulaymonovga asoslanib RIA Novosti xabar tarqatgan.

"20 sentabr kuni Mahatma Gandi va Birinçi may köçalari kesişmasidagi hududda ikkita qölbola bomba zararsizlantirildi", degan u.

Uning sözlariga köra, ötkinçi yölovçilar yölda yotgan ikkita şubhali paket haqida militsiyaga xabar qilişgan.

"Portlovçi qurilmalar masofadan turib yöq qilindi. Jabrlanuvçilar yöq", deyilgan xabarda.

Sulaymonovning sözlariga köra, Qirğiziston huquq-tartibot organlari Bişkek aholisini ogohlikka çorlaydi.